Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kaoru Mitoma qishda «Brayton»ni tark etishi mumkin

Kaoru Mitoma qishda «Brayton»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Brayton» vingeri Kaoru Mitoma qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, yapon futbolchisining klub bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli ayni paytda juda past. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilgan, ammo ular natijasiz yakunlangan.

Shu sababli Mitomaning yanvar oyida boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli oshgan.

29 yoshli futbolchi «Brayton» safida 2021 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsumda jarohatdan tiklanayotgani bois hali biror marta maydonga tushmadi.

Mitomaning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 22 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:34, 10.09.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик