Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga imkoniyatni boy berdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvi yakunlandi. Dalyanda o‘tkazilgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Xitoy terma jamoasi birinchi golni 28-daqiqada kiritdi. Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar o‘z imkoniyatidan foydalandi va 83-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan vaqtda O‘zbekiston hisobni qisqartira olmadi va uchrashuv Xitoyning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur bahs Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik uchrashuvi bo‘ldi. Olimpiyachilarimiz Osiyo o‘yinlari 1-turida 15-sentyabr kuni Filippin bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 16:07, 10.09.2026.
O'qildi: 2631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик