«Olimpiakos» Xose Luis Mendilibarni iste’foga chiqarganidan so‘ng Imanol Alguasil jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.
Gresiya grandi amaldagi shartnomasi tugashiga yana bir yil qolgan Mendilibar bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Ispaniyalik mutaxassis 2023/24 yilgi mavsumda «Olimpiakos»ni Konferensiyalar ligasi g‘olibligiga olib chiqqan edi.
Alguasil esa joriy yil boshida Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» klubini tark etganidan keyin yana murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.
U avval «Real Sosyedad»da sakkiz yil ishlagan va 2019/20 yilgi mavsumda jamoani Ispaniya kubogi g‘olibligiga olib chiqqan.













