Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Qozog‘istonlik tennischi jahon reytingida peshqadamga aylandi

Qozog‘istonlik tennischi jahon reytingida peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik tennischi Yelena Ribakina AQSH ochiq chempionati yarimfinaliga yo‘l olib, faoliyatida ilk bor WTA reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tariladi. Bu haqda Xalqaro ayol tennischilar assosiasiyasi (WTA) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ribakina 99 hafta davomida reytingda peshqadamlik qilgan Arina Sabalenkaning o‘rnini egallaydi. Sabalenka bu davrda 2025 yilgi Australian Open va AQSH Ochiq chempionatida g‘olib chiqib, ikki yil ketma-ket mavsumni reyting yetakchisi sifatida yakunlagandi.

Yelenaning Nyu Yorkdagi turnirda ishtirok etishi ham so‘roq ostida edi. U musobaqa oldidan chap oyoq to‘pig‘idan jarohat olgandi. Shunga qaramay, qozog‘istonlik tennischi dastlabki to‘rtta uchrashuvda birorta setni boy bermasdan, chorak finalga chiqdi. Keyin xitoylik Chjen Sinvenni 3:6, 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etib, faoliyatida ilk bor US Open yarimfinaliga yo‘l oldi.


Shu tariqa Ribakina WTA tarixida reytingning birinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan 30-ayol tennischi bo‘ladi. Shuningdek, u Qozog‘iston tarixida ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk tennischiga aylanadi.


Foto: WTA
27 yoshli Ribakina WTA reytingi tarixida birinchi pog‘onaga chiqqan ikkinchi eng katta yoshli tennischi bo‘ladi. 2016 yilda 28 yoshli germaniyalik tennischi Anjelik Kerber faoliyatida ilk bor reyting peshqadamiga aylangan.

Ayni paytda Ribakina AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini davom ettirmoqda. U turnir yakunlanganidan so‘ng rasman WTA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Yelena Ribakina 27 yoshda. Qozog‘istonlik tennischi Ayollar tennis assosiasiyasi (WTA) turnirlarining yakkalik bahslarida jami 8 ta titulni qo‘lga kiritgan. Ribakina 2 marta “Katta dubulg‘a” turnirida — “Uimbldon” (2022) hamda Avstraliya ochiq chempinati (2026) bosh sovriniga ega chiqqan. U yakkalik bahslarida 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida 4-o‘rinni egallagan.

Bundan tashqari, Ribakina so‘nggi 52 hafta davomida top-10 vakillarini 16 marta mag‘lub etdi. U mazkur davrda 1569 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochko keltirgan zarba va 394 ta eys qayd etib, har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha WTA turida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

AQSH ochiq chempionati mavsumdagi to‘rtinchi “Katta dubulg‘a” turniridir. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazilmoqda va 13 sentyabr kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etadi.

Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining amaldagi g‘olibi belaruslik Arina Sabalenka hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:03, 10.09.2026.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик