Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Konor Makgregor Islom Maxachevga boks qoidalari asosida jang o‘tkazishni taklif qildi

Konor Makgregor Islom Maxachevga boks qoidalari asosida jang o‘tkazishni taklif qildi

Baho:
+ | -

UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islam Maxachev tashkilotning sobiq ikki karra chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor uni boks qoidalari bo‘yicha jangga chorlaganini ma’lum qildi.

Dog‘istonlik jangchi Match TV telekanaliga bergan intervyusida ushbu holat yaqinda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan boks turniri vaqtida yuz berganini aytdi:

“O‘sha yerda Makgregorga videoqo‘ng‘iroq qilishdi. U menga boks qoidalari bo‘yicha jang qilishni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim va bu masalada UFC rahbari Dana Uaytga murojaat qilishini aytdim. O‘rtamizda kichik dahanaki tortishuv ham bo‘lib o‘tdi”.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor iyun oyida ham Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tarilish istagini bildirgan edi. Biroq 12 iyul kuni irlandiyalik jangchi 5 yillik tanaffusdan so‘ng UFC’dagi ilk jangini amerikalik Maks Xolloueyga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsning birinchi raundidayoq Makgregor jarohat oldi. Natijada u tizzasidan operasiya qilindi va taxminan bir yilga safdan chiqdi. Faoliyati davomida yengil va yarim yengil vazn toifalarida chempionlik kamarlariga ega chiqqan Makgregor MMA’da jami 22 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Islam Maxachev esa so‘nggi bor 16 avgust kuni Filadelfiyada o‘tkazilgan UFC 330 turnirida irlandiyalik Yan Gerriga qarshi chempionlik jangini o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Bu dog‘istonlik jangchining UFC’dagi qatorasiga 17-g‘alabasi bo‘ldi va tashkilotning mutlaq rekordchisiga aylandi. Umumiy hisobda Maxachev aralash yakkakurashlarda 29 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:10, 11.09.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик