Insayder Fabrisio Romano Jud Bellingemning «Real»dagi kelajagi haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, Madrid klubi 23 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirish ustida faol ishlamoqda.
Bellingem «Real»da yangi kelishuv imzolaydigan navbatdagi futbolchi bo‘lishi mumkin. Ispaniyaliklar Arda Gyuler va Tibo Kurtua bilan muzokaralarni deyarli yakunlagan. Endi asosiy e’tibor ingliz futbolchisi bilan kelishuvga erishishga qaratilgan.
Bellingemning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa safida beshta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va uchta golli uzatma qayd etdi.













