«Barselona» himoyachisi Joau Kanselu Lissabonning «Sporting» klubiga alohida mehr bilan munosabatda ekanini aytdi.
U kataloniyaliklar safida o‘ynayotgan bo‘lsa-da, oilasining ko‘pchilik a’zolari «Sporting» muxlisi ekanini ta’kidladi.
Kanselu kelasi yil yanvar oyida Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida ushbu klubga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda.
«Oilamning ko‘plab a’zolari «Sporting» muxlislari. Men ularga qarshi «Manchester Siti» futbolchisi sifatida maydonga tushganman va o‘sha bahs biz uchun yaxshi yakunlangan», — dedi Kanselu.













