Italiyaning «Kalyari» klubi yapon yarim himoyachisi Yukinari Sugavarani tarkibiga qo‘shganini e’lon qildi.
Futbolchining o‘zi jamoaga o‘tish haqidagi qarorini qisqa vaqt ichida qabul qilganini aytdi.
«Qaror qabul qilishimga bir necha kun vaqt ketdi. Ammo tanlovim juda oson kechdi. «Kalyari» men bilan bog‘langanida, darhol rozi bo‘ldim», — dedi Sugavara.













