Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Real" Endrik bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi

"Real" Endrik bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi

Baho:
+ | -

Braziliyalik hujumchi Endrik yanvar oyida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 20 yoshli forvardni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Endrikning "Real" bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi ijara asosida Fransiyaning "Lion" klubi safida to‘p surdi. U Liga 1da 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, shulardan bittasi penaltidan kiritildi. Shuningdek, Endrik 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:56, 11.09.2026.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик