"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister klub rahbariyatining o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi "Liverpul" Rayan Gravenberx va Dominik Soboslaiga shartnomalarini uzaytirishni taklif qilgani, ammo unga bunday taklif bilan chiqmaganidan xafa.
Mak Allisterning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
27 yoshli futbolchi 2023 yil yozidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Mak Allister Angliya Premyer-ligasida uchta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













