Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

"Bavariya" Olise transferi bo‘yicha qat’iy pozisiyasini bildirdi

"Bavariya" Olise transferi bo‘yicha qat’iy pozisiyasini bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl klub Maykl Oliseni qanday summa evaziga sotishga tayyor ekani haqidagi savolga javob berdi.

"Agar biz Chempionlar ligasini yutishni istasak, uni sotish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. "Bavariya"ning o‘ziga xos jihati ham shunda: bizga qanday summa taklif qilinishiga qaramay, qarorlarimizni doimiy ravishda o‘zgartirishimiz shart emas", — deya Eberlning so‘zlarini jurnalist Kristian Falk CFBayern uchun keltirdi.

Eberl Oliseni klub bilan uzoq muddatli shartnoma bog‘lab turgani va unda tovon puli evaziga sotib olish bandi yo‘qligini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, kelasi yozga qadar "Bavariya" futbolchi yangi shartnoma imzolashga tayyor yoki yo‘qligini aniqlab olishi kerak.

Avvalroq Olisega "Liverpul" qiziqish bildirishda davom etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, o‘tgan yozda vingerni "Real" ham sotib olishga harakat qilgan.

Kiritildi: 11:16, 11.09.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик