Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Komo» Chempionlar ligasida tarixiy debyut qayd etdi

«Komo» Chempionlar ligasida tarixiy debyut qayd etdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi Germaniyaning «Leypsig» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu «Komo» uchun Chempionlar ligasi yoki uning avvalgi nomi — Yevropa chempionlari kubogidagi ilk o‘yin bo‘ldi.

Shu tariqa, «Komo» ushbu musobaqadagi debyutida uch yoki undan ortiq gol urgan tarixdagi ikkinchi Italiya klubiga aylandi.

Bunday natijani birinchi bo‘lib 1991 yilda «Sampdoriya» qayd etgan. O‘sha paytda Skudetto sohibi sifatida turnirda qatnashgan Genuya klubi Yevropa chempionlari kubogidagi ilk o‘yinida Norvegiyaning «Rusenborg» jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

O‘sha mavsum turnir «Evropa chempionlari kubogi» nomi ostida so‘nggi bor o‘tkazilgan, keyingi yildan esa musobaqa Chempionlar ligasi deb atala boshlangan.

«Sampdoriya» o‘sha turnirda finalgacha yetib borgan.

Kiritildi: 11:52, 11.09.2026.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик