Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

«Kristal Pelas»ning 70 million yevrolik yarim himoyachisi «Liverpul» nishonida

«Kristal Pelas»ning 70 million yevrolik yarim himoyachisi «Liverpul» nishonida

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Uortonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kutilishicha, futbolchi yaqin ikki transfer oynasidan birida «Kristal Pelas»ni tark etishi mumkin.

«Liverpul» Uortonga anchadan beri qiziqib keladi, ammo o‘tgan yozda klub asosiy e’tiborni boshqa pozisiyalarni kuchaytirishga qaratgan edi.

Shuningdek, yarim himoyachiga «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Adam Uorton barcha musobaqalar hisobida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:01, 11.09.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик