«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida «RB Leypsig» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Juda xursandman, ammo bu quvonch atigi besh daqiqa davom etadi. Chunki dushanba kuniyoq «Parma»ga qarshi o‘ynaymiz va unga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
Albatta, bu klub va butun shahar uchun tarixiy kecha ekanini tushunaman. O‘tgan mavsumda qilgan mehnatimiz evaziga bu sovg‘aga munosib bo‘ldik. Ammo bizning asosiy ustuvor vazifamiz A Seriyada muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘lib qoladi.
Bizda yosh jamoa bor. Chempionlar ligasi bizga qo‘shimcha kuch va motivasiya beradi, ammo chempionatda o‘z imkoniyatlarimizni to‘liq namoyon qila olmasak, juda jahlim chiqadi.
Biz kamtar bo‘lib qolishimiz va har uch kunda bor kuchimizni berishimiz kerak. Mavsum juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda, shuning uchun to‘g‘ri kayfiyatni saqlab qolish muhim», — dedi Fabregas Sky Sport Italia nashriga.
Eslatib o‘tamiz, «Komo» o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda.













