Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges «Atletiko Nasyonal» klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi va faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradi. Bu haqda El Colombiano xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Rodriges joriy mavsumda «Atletiko Nasyonal» safida to‘p tepadi. 35 yoshli futbolchi rasmiy tanishtirilishidan oldin zarur barcha rasmiy jarayonlardan o‘tishi kerak.
Xames Rodriges faoliyati davomida Madridning «Real» klubi (125 ta o‘yin, 37 ta gol va 42 ta golli uzatma), «Portu», «Bavariya» va «Monako» kabi Yevropa klublarida to‘p tepgan.
Uning so‘nggi jamoasi MLSdagi «Minnesota Yunayted» bo‘lgan.













