Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Svilar: «Durangdan mamnunmiz va oldinga harakat qilamiz»

Svilar: «Durangdan mamnunmiz va oldinga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

«Roma» darvozaboni Mile Svilar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida «Fenerbaxche»ga qarshi o‘yinda qayd etilgan durangni baholadi. Istanbuldagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Brayan Kristante birinchi bo‘limda rimliklarni oldinga olib chiqdi, ammo ikkinchi bo‘lim boshlanganidan ko‘p o‘tmay Archi Braun hisobni tenglashtirdi. Svilar uchrashuv yakunida mezbonlar bosimni kuchaytirgan paytda bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirib, «Roma»ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

«Muriku bilan birga-bir vaziyat eng qiyini bo‘ldi. Ular gol urgan vaziyatda ham xuddi shunday harakat qilishga urindim, ammo afsuski, yuqoriroq pozisiyada qolishga ulgurmadim. Ammo hammasi joyida, biz durangdan mamnunmiz va oldinga harakat qilamiz.

Har doim har ikki jamoa ham gol urishi mumkin degan his bo‘ldi. Bu haqiqiy Chempionlar ligasi o‘yinlari. Biz bu bahsda yaxshiroq o‘ynadik, ammo durang ham bizni qanoatlantiradi. Agar A Seriyadagi dastlabki o‘yinlardagi kabi o‘zimizni ko‘rsatishda davom etsak, ochkolar jamg‘arishimiz mumkin», — qo‘shimcha qildi futbolchi.

14 oktyabr kuni «Roma» musobaqaning ikkinchi turida Madridning «Real» klubini qabul qiladi.

Kiritildi: 14:58, 11.09.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик