Braziliyalik himoyachi Uesli Fransa Yevropaning ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushdi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 22 yoshli lateralni Londonning «Arsenal» va Madridning «Atletiko» klublari kuzatmoqda.
Klub vakillari futbolchini Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi birinchi turida «Roma»ning Turkiyaning «Fenerbahche»siga qarshi o‘yinida (1:0) kuzatgan.
23 yoshli himoyachi o‘tgan yil yozidan buyon Rim klubi safida to‘p tepmoqda. Braziliyalik futbolchining italiyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt Ueslining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













