Germaniyaning «Shtutgart» klubi yarim himoyachisi Andjelo Shtiller bir qator Yevropa klublari qiziqish doirasida. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
25 yoshli yarim himoyachini «Barselona», «Yuventus», «Arsenal» va «Bayer» klublari o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor. Skautlar Shtillerning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi birinchi turida Norvegiyaning «Viking» klubiga qarshi o‘yinidagi (3:1) harakatlarini kuzatgan.
Yarim himoyachining transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. Andjelo Shtillerning «Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













