«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Vinisius Juniorning hozirgi formasi haqida fikr bildirdi.
«Portugaliyada shunday maqol bor: toshlar faqat mevasi bor daraxtlarga otiladi. Vinisius bu yerda nima qildi? Uning Chempionlar Ligasida nechta g‘alabasi bor? Nechta gol urdi? Nechta o‘yin taqdirini hal qildi? O‘tgan yili «Benfika»ga qarshi qarama-qarshilik taqdirini yolg‘iz o‘zi hal qilgan Vinisius yana qaytib keladi. Hozircha u o‘sha darajaga chiqqani yo‘q.
U har qachongidan ham ko‘proq mehnat qilmoqda. Bu mavsumda u o‘z rekordlarini, jumladan to‘p olib qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatkichlarini ham yangiladi. U yana o‘z darajasiga qaytadi», — dedi Mourinyo.
Ispaniya chempionatining to‘rt turidan so‘ng «Real» 9 ochko to‘plagan va turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Mourinyo shogirdlari La Ligadagi navbatdagi uchrashuvni 12 sentyabr kuni o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘tkazadi.













