Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Samyuel Eto’O Infantinoning qayta saylanishiga ovoz berishini aytdi

Samyuel Eto’O Infantinoning qayta saylanishiga ovoz berishini aytdi

Baho:
+ | -1

Kamerun futbol federasiyasi prezidenti Samyuel Eto’O FIFA prezidenti Janni Infantino atrofidagi so‘nggi tanqidlarga munosabat bildirib, uning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

«Agar Kamerun futbol federasiyasi prezidenti lavozimida qolsam, Janni Infantino uchun ovoz beraman. Chunki u Afrika futboli uchun juda ko‘p ish qildi. Menimcha, aynan u Afrikaga eng ko‘p yaxshilik olib kelgan inson», — deya Eto’Oning so‘zlarini France24 keltirdi.

2026 yil yozida Infantino FIFA Forward Enterprise nomli tijoriy tuzilma tashkil etish va jahon chempionatlarining tijoriy huquqlarini boshqaradigan aksiyalarning 20 foizgacha bo‘lgan qismini xususiy investorlarga sotishni taklif qilgan edi.

Ushbu tashabbusni, jumladan, UYEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL qo‘llab-quvvatlamadi. Keskin tanqidlardan so‘ng Infantino loyihadan voz kechdi.

Kiritildi: 16:45, 11.09.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик