Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

Fransiya Infantino o‘rniga FIFA prezidenti lavozimiga yangi nomzod izlashini ma’lum qildi

Fransiya Infantino o‘rniga FIFA prezidenti lavozimiga yangi nomzod izlashini ma’lum qildi

Baho:
+2 | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Fransiya futbol federasiyasi (FFF) rahbari Filipp Diallo Xalqaro futbol asosiasiyalari federasiyasi (FIFA)ning yangi prezidenti saylovida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi. Avvalroq tashkilot amaldagi rahbar Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgan edi.

«Biz ijroiya qo‘mita a’zolari bilan birgalikda Janni Infantinoga bildirilgan ishonch yo‘qolgan, deb hisoblaymiz. Hozir futbol boshqarilayotgan usul bizning tasavvurlarimizga mos kelmaydi.

Biz UEFA doirasidagi muhokamalarga odamlarni birlashtira oladigan, qonuniy va ishonchli loyiha orqali o‘z hissamizni qo‘shish uchun bir qator maslahatlashuvlarni boshlashga qaror qildik. Kerakli vaqt kelganda manfaatlarimizni keyingi saylovlarda himoya qiladigan nomzod aniqlanadi», — deya Dialloning so‘zlarini Footmercato keltirdi.

Federasiya sport boshqaruvi sohasida Fransiya va boshqa mamlakatlar mutaxassislari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazib, muqobil harakat dasturini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. FFF Infantnoning qayta saylanishiga qarshi chiqadigan nomzod atrofida tarafdorlarni birlashtirish niyatida.

Maslahatlashuvlar ishtirokchilaridan biri FIFA rahbari tanqid qilinganidan so‘ng shu yozda tashkilotdan ishdan bo‘shatilgan Kevin Lamur bo‘ladi.

Qo‘llab-quvvatlashni qaytarib olish qarori Infantinoning 2026 yil yozida ilgari surgan tashabbusi bilan bog‘liq. U FIFA Forward Enterprise tijoriy tuzilmasini tashkil etish va uning aksiyalarining 20 foizgacha qismini xususiy investorlarga berishni taklif qilgan edi. Bunday holatda investorlar jahon chempionatlarining tijoriy huquqlari ustidan nazoratga ega bo‘lishlari mumkin edi.

Ushbu g‘oyani UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL rad etdi. Qattiq tanqidlardan so‘ng FIFA prezidenti mazkur loyihadan voz kechdi.

Tashkilot prezidenti saylovi 2027 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:14, 12.09.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик