Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Inyaki Uilyams Gana terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Inyaki Uilyams Gana terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Bilbaoning «Atletik» klubida to‘p tepayotgan 32 yoshli hujumchi Inyaki Uilyams Gana milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

«Men baxtli, faxrli va xotirjam holda ketyapman. Har safar bu futbolkani kiyganimda bor kuchimni berganimni bilaman. Gana menga futboldan ko‘ra ancha ko‘proq narsa berdi. Bu menga o‘z yurtimga qaytish, ildizlarimni yanada yaqinroq his qilish, mamlakatim sharafini himoya qilish va ko‘ksimda bu bayroqni ko‘tarib yurishdan ulkan faxr tuyish imkonini berdi.

Bu sayohatning bir qismi bo‘lgan barcha insonlarga va menga doimo ko‘rsatgan mehringiz uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman», — deb yozdi Uilyams ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

2022 yil iyul oyida hujumchi Ispaniya terma jamoasida o‘ynash imkoniyatidan voz kechib, Gana terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qilgan edi. Avvalroq Inyaki Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibida bir marta maydonga tushgan, biroq keyinchalik sport fuqaroligini o‘zgartirgan.

Uning ukasi Niko Uilyams esa Ispaniya terma jamoasini tanlagan. U Ispaniya bilan 2024 va 2026 yillarda Yevropa va jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan. Aka-ukaning ota-onasi Gana kelib chiqishiga ega.

Inyaki Uilyams Gana terma jamoasi safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. U 2022 va 2026 yilgi jahon chempionatlari, shuningdek, 2024 yilgi Afrika millatlar kubogining final bosqichida ishtirok etgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:23, 12.09.2026.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик