Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Dembele «Arsenal»ga qarshi Chempionlar ligasi finalini esladi

Dembele «Arsenal»ga qarshi Chempionlar ligasi finalini esladi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usman Dembele Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi finalida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni esladi.

Parijliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

«Bu juda qiyin final bo‘ldi. Biz «Arsenal» juda kuchli jamoa ekanini bilardik. Ular umumiy bosqichni birinchi o‘rinda yakunlagan edi.

So‘nggi yillarda ularga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lib kelmoqda, shuning uchun biz uchrashuv oson kechmasligini tushunardik.

Ammo Chempionlar ligasidagi g‘alabani nishonlash imkoniyatiga ega bo‘lish — aqlbovar qilmas lahza. Bu har birimizning xotiramizda abadiy qoladi», — deya Dembelening so‘zlarini The Athletic keltirdi.

«PSJ» Chempionlar ligasining yangi mavsumini o‘z maydonida «Slovan» ustidan 6:1 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshladi.

Kiritildi: 11:57, 12.09.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик