Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Simeone: "Bizga 90 daqiqa davomida barqarorlik kerak"

Simeone: "Bizga 90 daqiqa davomida barqarorlik kerak"

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Real Sosyedad"ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bahs 13 sentyabr kuni San-Sebastyandagi "Reale Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"Biz boshqalar nima qilayotganiga emas, o‘zimiz nimalar ustida ishlayotganimizga e’tibor qaratamiz. Bu o‘yinning qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunamiz. Raqibimiz kuchli raqobat taklif qila oladi va yaxshi jamoaviy o‘yin namoyish etadi.

Biz uchrashuvda tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishimiz kerak. Bilbaodagi o‘yinning birinchi bo‘limida shunday qilgan edik. Ammo o‘sha bahsda nazoratni yo‘qotishimiz bizga salbiy ta’sir qildi.

Liverpulda birinchi bo‘limda yomon himoyalanmadik, raqib hujumlarini to‘xtatib turdik. Biroq ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtira olmadik.

O‘z yo‘limizni topish uchun 90 daqiqa davomida ko‘proq muvozanat va barqarorlik namoyish etishimiz kerak", — deya Simeonening so‘zlarini Marca keltirdi.

Kiritildi: 23:14, 12.09.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик