Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Mbappe «Real»da har o‘yinga o‘rtacha bittadan gol urmoqda

Mbappe «Real»da har o‘yinga o‘rtacha bittadan gol urmoqda

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi 6-golini urdi.

Fransiya terma jamoasining 27 yoshli forvardi La Liga 5-turidan o‘rin olgan «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsning 14-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib, Mbappe Alvaro Karrerasning goliga ham assistentlik qildi.

Shu tariqa, fransuz futbolchisining joriy mavsumdagi 6 ta o‘yindagi hisobi 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga yetdi.

Mbappe bundan avval «Real Sosyedad»ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan bahsda xet-trik qayd etgan, shuningdek, «Malaga» (4:0) va «Inter»ga (2:0) qarshi uchrashuvlarda ham bittadan gol urgandi.

La Liga to‘purarlari ro‘yxatida esa Mbappe 5 ta gol bilan «Barselona» futbolchisi Rafinyadan bir gol ortda qolmoqda. Braziliyalik futbolchining hisobida 6 ta gol bor.

Kiritildi: 01:06, 13.09.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик