Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Gyundoganga MLS va Saudiya Arabistonidan variantlar bor

Gyundoganga MLS va Saudiya Arabistonidan variantlar bor

Baho:
+ | -

Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar oynasida «Galatasaroy»ni tark etishi mumkin.

Goal nashrining Turkiyaning Sözcü gazetasiga tayanib xabar berishicha, joriy mavsumda atigi 11 daqiqa maydonda harakat qilgan futbolchi faoliyatini MLS yoki Saudiya Arabistonida davom ettirishi ehtimol qilinmoqda.

Gyundogan «Galatasaroy» safiga 2025 yil kuzida qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Biroq joriy mavsumda u deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Manbaga ko‘ra, bu holatga faqat taktik va sportga oid omillar sabab bo‘lmoqda. Gyundogan bilan bosh murabbiy Okan Buruk o‘rtasida qandaydir mojaro yoki kelishmovchilik borligi haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 01:26, 13.09.2026.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик