Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Inter Mayami» «Neshvill» bilan durang o‘ynadi, Messi gol urdi (videosharh)

«Inter Mayami» «Neshvill» bilan durang o‘ynadi, Messi gol urdi (videosharh)

Baho:
+ | -

MLS doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Neshvill»ni qabul qildi. Fort-Loderdeyldagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium»da o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

«Neshvill» safida Sem Sarrij dubl qayd etdi. Shuningdek, Rid Beyker-Uayting o‘z darvozasiga gol urdi.

«Inter Mayami»ning ikkinchi goliga argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi. U 62-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq Sarrij 90+1-daqiqada yana gol urib, «Neshvill»ga durangni taqdim etdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘rtta o‘yinga yetkazdi — bir g‘alaba va uch durang. «Neshvill» esa g‘alabasiz o‘yinlar seriyasini uchtaga yetkazdi — bir mag‘lubiyat va ikki durang.

Keyingi turda «Inter Mayami» «San-Diyego» bilan, «Neshvill» esa «Chikago Fayr» bilan o‘ynaydi. Uchrashuvlar mos ravishda 21 va 20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

MLS, 26-tur
13 sentyabr 2026 yil, Mayami, «Nu Stedium»
«Inter Mayami» — «Neshvill» — 2:2
Gollar: Sem Sarrij, 4 (0:1); Rid Beyker-Uayting, 19, avtogol (1:1); Lionel Messi, 62 (2:1); Sem Sarrij, 90+1 (2:2).
«Inter Mayami»: Deyn Sent-Kler, Maksimiliano Falkon, Frisio Kaysedo, Yan Frey, Yannik Brayt, Rodrigo De Paul, Kazemiro, Telasko Segoviya, Xerman Berterame, Lionel Messi, Luis Suares.
«Neshvill»: Brayan Shvake, Endi Najar, Jeyson Palasios, Maksvell Volyedzi, Rid Beyker-Uayting, Xani Muxtar, Patrik Yazbek, Mettyu Korkoran, Kristian Espinosa, Sem Sarrij, Aleks Muyl.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:38, 13.09.2026.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик