«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson klubga o‘tishidan ancha oldin uni qo‘llab-quvvatlab kelganini tan oldi.
«Shaharliklar» 23 yoshli yarim himoyachini joriy yil iyul oyida «Nottingem Forest»dan 135 million yevroga sotib olgan.
«Qalbimda men «Nyukasl» muxlisiman, ammo har kimning ikkinchi sevimli jamoasi bo‘ladi — men uchun bu «Manchester Siti». O‘ylaymanki, klubni kuzatishni boshlaganimda yetti-sakkiz yoshlarda edim. Bobom menga «Siti» futbolkasini olib bergan va shundan beri ularga muxlislik qilib kelaman», — dedi angliyalik futbolchi.
Elliot Anderson «Nyukasl» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.













