«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martines «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandga qarshi to‘qnashuvlari haqida fikr bildirdi.
Manchester derbisi bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. Bunga qadar argentinalik himoyachi va norvegiyalik forvard yetti marta bir-biriga qarshi maydonga tushgan, shularning beshtasida Martinesning jamoasi g‘alaba qozongan.
«Xolandga qarshi yaxshi statistikaga egamanmi? Ha, ammo bu endi o‘tmishda qoldi. Men oldindagi uchrashuvga tayyor bo‘lishim kerak. Uning avvalgi bahslar bilan hech qanday aloqasi yo‘q», — deya Martinesning so‘zlarini Centredevils keltirdi.
Erling Xoland Premyer-liganing joriy mavsumida o‘tkazgan uchta uchrashuvida uchta gol urgan.













