Ilya Zabarniy tanqidlarga duch keldi — «PSJ» Chempionlar ligasida «Slovan»ga qarshi o‘yinda ukrainalik futbolchining xatosidan so‘ng gol o‘tkazib yubordi. Yakshanba kuni esa Zabarniy noma’lum sabablarga ko‘ra «PSJ»ning Fransiya chempionatida «Brest»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasidan joy olmadi. Ta’kidlash joizki, bir kun avval jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida Zabarniyga bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirgan edi.
«Tanqidmi? Bu oddiy holat. «PSJ» kabi klubda tanqid doimo bo‘ladi. Hatto 6:1 hisobidagi g‘alabadan keyin ham futbolchilar manziliga tanqidlar yangraydi. Jamoa atrofida shov-shuv bo‘lishi juda yaxshi. Bu biz katta klubda ekanimizni anglatadi», — dedi Enrike.
Ilya Zabarniy 2026/2027 yilgi mavsumda hozircha faqat ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Chempionlar ligasida «Slovan»ga qarshi o‘yindan oldin ukrainalik futbolchi Fransiya Superkubogi doirasida «Lans»ga qarshi bahsda ishtirok etgan.













