«Arsenal» himoyachisi Gabriel Magalyaes o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi finalida kirita olmagan penalti haqida fikr bildirdi.
Mikel Arteta jamoasi «PSJ»ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi — 1:1, 3:4. «Kanonirlar» tarkibida Gabriel va Eberechi Eze o‘z zarbalarini golga aylantira olmadi.
«Menga faqat muxlislarga minnatdorchilik bildirish qoladi. Finaldan keyin ulardan juda katta qo‘llab-quvvatlash oldim. Bu aqlbovar qilmas darajada edi, ular juda iliq xabarlar yuborishdi.
Ammo, avval aytganimdek, bu futbolning bir qismi. Bunday holat birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Va yana aytaman: agar yana penalti tepishimga to‘g‘ri kelsa, yana zarba bergan bo‘lardim», — dedi Gabriel ESPN Brasil nashriga bergan intervyusida.













