Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Serxio Buskets Sesk Fabregas kelajakda yirik top-klubda bosh murabbiy bo‘lib ishlashiga ishonch bildirib, u bu maqsad sari ishonch bilan odimlayotganini aytdi.
Ayni paytda ispaniyalik mutaxassis «Komo» bosh murabbiyi sifatida yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Klub Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va nufuzli musobaqadagi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi.
«Komo» — Italiyadagi eng sevimli jamoalarimdan biri. Bu faqat Sesk tufayli emas, balki jamoadagi futbolchilar tarkibi ham menga yoqadi. Ular o‘tgan yili tarix yaratdi va bu mavsumda ham muvaffaqiyat qozonishlariga umid qilaman. Fabregas top-klub bosh murabbiyi bo‘lish sari ishonch bilan odimlamoqda», — deya Busketsning so‘zlarini DerbyDerbyDerby nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas faoliyati davomida «Barselona» va Londonning «Arsenal» klublarida ham futbolchi sifatida to‘p tepgan.













