Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

La Liga. «Selta» «Malaga» bilan durang o‘ynadi

La Liga. «Selta» «Malaga» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 5-turida Vigo shahrida «Selta» «Malaga»ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Bahsda favorit sanalgan «Selta» birinchi bo‘limda hujumda kutilganidek harakat qila olmadi. Shunga qaramay, 41-daqiqada hisobni ochdi.

Ugo Gonsalesning uzatmasidan so‘ng Ferran Jutgla raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mezbonlar deyarli butun o‘yin davomida hisobda oldinda bordi.

Ammo yakuniy hushtak yangrashiga oz qolganda «Malaga» muvozanatni tikladi. Pablo Martinesning golli uzatmasidan keyin Adrian Ninyo zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqib, o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi.

Kiritildi: 19:15, 13.09.2026.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик