Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

«Neftchi» Elit OCHL uchun APLda o‘ynagan finlyandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Neftchi» Elit OCHL uchun APLda o‘ynagan finlyandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

«Neftchi» futbol klubi finlyandiyalik hujumchi Markus Forss bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qiladi.

1999 yil 18 iyunda Finlyandiyaning Turku shahrida tug‘ilgan Markus Uolevi Forss — markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadigan, zarur holatlarda har ikki qanotda ham o‘ynay oladigan futbolchi. Uning bo‘yi 1,82 metr, asosiy oyog‘i — o‘ng oyoq.

Forss futbolchilik faoliyatining katta qismini Angliyaning professional futbol tizimida o‘tkazgan. 13 yoshida «Vest Bromvich Albion» akademiyasiga qo‘shilgan futbolchi keyinchalik «Brentford» tizimida faoliyatini davom ettirgan va 2018 yilda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.

«Brentford» safida Forss 2018–2022 yillar davomida to‘p tepdi. 2019/20 yilgi mavsumda ijara asosida «AFK Uimbldon» safida harakat qilib, 18 ta liga uchrashuvida 11 ta gol urdi. Keyinchalik «Hall Siti» safida ham ijara asosida o‘ynadi.

2022 yil yozida Markus Forss «Midlsbro» futbolchisiga aylandi. Angliyaning Chempionship ligasida jamoaning muhim hujumchilaridan biri bo‘lgan Forss klub safida barcha musobaqalarda 90 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol qayd etdi.

2025/26 yilgi mavsumni esa ijara asosida «Bolton Uonderers» safida o‘tkazdi.

Markus Forss — Finlyandiya milliy terma jamoasi a’zosi. U mamlakatining U-17, U-18, U-19 va U-21 terma jamoalarida ham o‘ynagan. 2020 yil noyabr oyida Finlyandiya bosh jamoasida debyut qilgan. Ilk xalqaro uchrashuvida Fransiyaga qarshi maydonga tushib, debyutini gol bilan nishonlagan. Forss Finlyandiyaning Yevro-2020 tarkibidan ham joy olgan. Terma jamoa safida hozirga qadar 21 ta uchrashuvda 2 ta gol qayd etgan.

Markus Forss endi o‘zining Angliyadagi katta futbol tajribasini Farg‘onaga olib keladi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: @pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:15, 14.09.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик