Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Kimmix "Bavariya"da Shvaynshtayger natijasiga tenglashdi

Kimmix "Bavariya"da Shvaynshtayger natijasiga tenglashdi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi Bundesligada dastlabki ikki o‘yinida g‘alaba qozongan "Elversberg"ni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, mag‘lub etdi.

Ushbu uchrashuv Yozua Kimmix uchun "Bavariya" safidagi 500-o‘yin bo‘ldi. Bu hisobga u myunxenliklar tarkibida barcha musobaqalarda o‘tkazgan uchrashuvlar kiritilgan.

Kimmix mazkur 500 ta o‘yinda 47 ta gol urdi va 122 ta golli uzatma berdi.

"Bavariya" safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha u klub afsonasi Bastian Shvaynshtaygerga tenglashdi. Katta ehtimol bilan Kimmix yaqin orada bu ko‘rsatkich bo‘yicha uni ortda qoldiradi.

Bu hatto Bundesliganing keyingi turida ham sodir bo‘lishi mumkin. "Bavariya" navbatdagi uchrashuvda Berlinning "Union" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:40, 14.09.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик