"Yuventus" darvozaboni Gulyelmo Vikario "Sassuolo"ga qarshi 2:3 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin fikr bildirdi.
Turinliklar o‘yin oxirida Edon Jegrovaning 82 va 90+1-daqiqalarda urgan gollari evaziga ikki bor hisobni tenglashtirdi. Biroq 90+4-daqiqada mezbonlar yana gol urib, g‘alabani qo‘ldan chiqarmadi.
"Biz juda xafamiz. Har qanday yo‘l bilan g‘alaba qozonish istagini tushunaman, chunki "Yuventus" doim g‘alaba qozonishi shart.
Ammo biz muvozanatni yo‘qotib qo‘ydik, holbuki, hafta davomida aynan shu haqda gaplashgan edik.
Juda katta afsus va jahl bor, chunki o‘yin biz uchun yaxshi kechayotgandi. Bunday vaziyatlarda yanada ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", — dedi Vikario.
Bu mag‘lubiyat Luchano Spalletti jamoasi uchun joriy Seriya A mavsumidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.













