Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Yamal Maradona, Messi va Ronalduni tilga oldi

Yamal Maradona, Messi va Ronalduni tilga oldi

Baho:
+ | -2

"Barselona" vingeri Lamin Yamal yoshligidanoq katta muvaffaqiyatlarga erishgani uning motivasiyasiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

19 yoshiga qadar ispaniyalik futbolchi jahon va Yevropa chempioni bo‘lishga ulgurdi. Klub miqyosida esa Ispaniyadagi barcha asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

"Futbol tarixida Maradona, Messi, Krishtianu kabi afsonalar bor. Ammo menimcha, hech kim mening yoshimda bunchalik ko‘p narsani yutishga erisha olmagan.

Odamlar shuncha g‘alabadan keyin men bo‘shashib qolaman, deb o‘ylaydi. Ammo men tarixda o‘z nomimni qoldirish uchun hali juda ko‘p ish qilishim kerakligini yaxshi bilaman", — dedi Yamal.

Yakshanba kuni Lamin Yamal La Liga doirasida "Levante"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi va "Barselona"ning 4:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Kiritildi: 10:09, 14.09.2026.
O'qildi: 1918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик