Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Siti" "Old Trafford"dagi g‘alabalar soni bo‘yicha barchadan oldinda

"Siti" "Old Trafford"dagi g‘alabalar soni bo‘yicha barchadan oldinda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, Erling Xolandning goli evaziga g‘alaba qozondi.

Bu "Manchester Siti"ning 1992 yildan buyon Angliya Premyer-ligasi doirasida "Manchester Yunayted" stadionidagi 10-g‘alabasi bo‘ldi.

Shu tariqa, "Siti" APL tarixida "Old Trafford"da ikki raqamli g‘alabalar soniga yetgan birinchi klubga aylandi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Liverpul" 8 ta g‘alaba bilan ikkinchi o‘rinda. Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari esa "Old Trafford"da 6 martadan zafar quchgan.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Manchester Siti" turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Manchester Yunayted" esa 13-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 10:16, 14.09.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик