Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Shomurodov va Fayzullayevning “Amedspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov va Fayzullayevning “Amedspor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

“Bashakshehir” klubida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Amedspor”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi (0:5). Fayzullayev 64-daqiqada Ivan Brnich bilan almashtirildi, Shomurodov esa 83-daqiqada o‘z o‘rnini Berkay O‘zjanga bo‘shatib berdi.

Sofascore portali uchrashuvda Fayzullayevning o‘yinini 6,3 ballga, Shomurodovning harakatlarini esa 6,1 ballga baholadi.

Shomurodov o‘yin davomida 29 marta to‘pga tegindi. U amalga oshirgan 19 ta uzatmaning 11 tasi aniq bo‘ldi (58 foiz aniqlik). Hujumchi “Amedspor” darvozasi tomon bir marta zarba yo‘lladi (noaniq) va bitta yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmadi. Uning kutilgan gollari ko‘rsatkichi (xG) 0,09 ni tashkil etdi.

Abbosbek Fayzullayev uchrashuv davomida 29 marta to‘pga tegdi. U amalga oshirgan 18 ta uzatmaning 11 tasi aniq bo‘ldi (61 foiz). Fayzullayev darvoza tomon 2 bor zarba yo‘lladi (biri aniq) va bir marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Shuningdek, u yerdagi 7 ta kurashning 4 tasida g‘olib chiqdi.

Uchrashuvda het-trik qayd etgan “Amedspor” hujumchisi Gift Orban uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 9,4. Mezbonlarning yana bir vakili Ermal Krasniki esa 9,0 ball bilan eng yaxshi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:48, 14.09.2026.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик