«Bornmut» safida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Rayan «Liverpul» qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 20 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun klub transfer rekordini ham yangilashi mumkin. Kelasi yil Rayanning shartnomasidagi qariyb 152 million yevrolik tovon puli bandi kuchga kiradi.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida Rayan to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib ulgurmadi.
Chempionatning dastlabki to‘rt turidan so‘ng «Liverpul» 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Andoni Iraola shogirdlari peshqadam Londonning «Arsenal» klubidan 6 ochko ortda qolmoqda.













