Dortmundning «Borussiya» klubining shveysariyalik darvozaboni Gregor Kobel Yevropaning grand klublaridan biri qiziqishlari doirasiga tushdi.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Madridning «Real» klubi 28 yoshli darvozabonni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmagan.
Kobelning transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Gregor 2021 yil yozidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Bundesligada Kobel 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi.













