«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya Premyer-ligasining 4-turida «Brayton»dan 0:5 hisobida uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.
«Chetlatishgacha bo‘lgan o‘yinni baholasak, bizda yaxshi lahzalar bor edi. Ammo o‘n kishi bo‘lib qolganimizdan keyin yuqori saviyali futbolchilari ko‘p bo‘lgan jamoaga qarshi butunlay boshqa o‘yin boshlandi. Biz mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz va qaysi darajagacha o‘sishimiz kerakligini tushunishimiz lozim», — deya Lempardning so‘zlarini BBC keltirdi.
«Bu yerda bosim ancha yuqori, ko‘plab futbolchilarimiz bunday holatga avval duch kelmagan. O‘yin qanday kechganini hisobga olsak, bu bahsni haddan tashqari chuqur tahlil qilib yubormasligimiz kerak. Ishonchni saqlab, birdam bo‘lib qolishimiz muhim. Futbolchilar salbiy kayfiyatga tushib qolmasligi kerak.
Haqiqat shuki, biz hujumlarni yakunlashda yaxshiroq harakat qilishimiz, gollar urishimiz, to‘g‘ri himoyalanishimiz va diqqatni yo‘qotmasligimiz lozim. Aynan shu jihatlarda o‘sishimiz kerak».
«Koventri» hozircha ochko jamg‘ara olmagan va turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.













