«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini «Torino»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasining ikki futbolchisi — Doniell Malen va Paulo Dibala haqida fikr bildirdi. Malen muntazam gol urishda davom etayotgan bo‘lsa, Dibala uzoq vaqtdan so‘ng yana yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish etmoqda.
«Malenning statistikasi aqlbovar qilmas darajada, ayniqsa uning barqarorligi e’tiborga molik. Uning transferi biz uchun muhim qadam bo‘lishini bilardim, ammo u barcha kutilmalardan ham oshib ketdi», — dedi Gasperini.
«Agar Dibala sog‘lom bo‘lsa, u shubhasiz doimo o‘ynaydi. Agar unga dam olish kerak bo‘lsa, vaqt berish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Men jamoadagi iyerarxiya yoki kim asosiy tarkibda tushishi haqida gapirishni yoqtirmayman. Chunki bu har bir mashg‘ulotda bor kuchini berayotgan futbolchilarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi.
Chempionlar ligasi uchun qaydnomada ham masala boshqacha. Bu yerda kimnidir yuqoriga ko‘tarish yoki tarkibdan chiqarish haqida gap ketmaydi. Bunday muhokamalar faqat ma’nosiz bahslarga sabab bo‘ladi», — dedi mutaxassis.
Malen joriy mavsum 4 ta o‘yinda 5 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Dibala esa 4 ta gol urgan.













