Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Runi: «Men VARdan allaqachon bezor bo‘ldim»

Runi: «Men VARdan allaqachon bezor bo‘ldim»

Baho:
+ | -

Ueyn Runi futboldagi videoassistent hakam (VAR) tizimiga keskin qarshi chiqdi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» (0:1) o‘rtasidagi derbida VAR xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Erling Xolandning goli hisobga olingan, biroq Enso Fernandes ofsayd holatida bo‘lib, raqib harakatlariga ta’sir ko‘rsatgan.

«Men VARdan allaqachon bezor bo‘ldim. Bu dahshatli. U futbolni barcha his-tuyg‘u va energiyasidan mahrum qilyapti. Futbolni istalgan darajada o‘ynagan har qanday inson Enso Fernandes ofsaydda bo‘lganini tushunadi. Bunday xatoga yo‘l qo‘yishni umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi», — deya Runining so‘zlarini The Touchline iqtibos keltirgan.

«Manchester Siti» 23-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, derbida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 14:28, 14.09.2026.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик