«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo dushanba kunigi matbuot anjumanida hujumchi Vinisius Juniorning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
— Mavsum boshidan beri Vinisiusdan mamnun ekaningizni bir necha bor aytdingiz, ammo uning eng yaxshi versiyasini ko‘rmayotganingizni ta’kidladingiz. Vinisiusning eng yaxshi versiyasini qachon ko‘ramiz?
— Eng yaxshi versiya — u gol urgan payt. Albatta, golli uzatmalar muhim, jamoa uchun ishlash juda muhim. Fidoyilik, jamoaviy harakat, birdamlik... Har kunlik mehnat ham muhim va u buni juda yaxshi bajaryapti. Ammo Vinisiusning boshqa bir versiyasi ham bor. O‘tgan mavsum Lissabonda ko‘rganimiz — teng ketayotgan o‘yinda bitta imkoniyatga ega bo‘lib, gol uradi va uyiga qaytadigan Vinisius. Hozir unga shunday darajada o‘ynash yetishmayapti, ammo men undan mamnunman.
«Real» La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Barselona»dan uch ochko ortda qolgan.













