Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Garsiya APLga o‘tsa, yuqori maosh oladi

Garsiya APLga o‘tsa, yuqori maosh oladi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Angliyaning top-klubi e’tiborini tortdi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

«Qizil iblislar» ispaniyalik himoyachiga «Barselona»da olayotgan maoshidan ancha yuqori shartnoma taklif qilishni rejalashtiryapti.

Manchester klubi rahbariyati Garsiyani jamoaga qo‘shilishga ko‘ndirish niyatida, garchi futbolchiga Fransiyaning «PSJ» klubi ham qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da. Biroq hozircha «Manchester Yunayted»ning ispaniyalik himoyachini xarid qilish imkoniyati yuqori emas. Garsiya joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, natijali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 16:43, 14.09.2026.
O'qildi: 1341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик