Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Zeytullayev: «Ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilar Yevropa klublari e’tiborida»

Zeytullayev: «Ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilar Yevropa klublari e’tiborida»

Baho:
+ | -

«Kattaqo‘rg‘on» bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev o‘zbekistonlik futbolchilarga Yevropa klublari tomonidan qiziqish borligini ta’kidladi.

«Evropa klublari o‘zbekistonlik futbolchilar bilan qiziqishmoqda. Italiya klublari, murabbiylari va skautlari qiziqish bildiryapti. Faqat italiyaliklar emas. Ingliz va ispan klublari bilan ishlaydigan tanish skautlar ham bor», — dedi Zeytullayev Eurasia Football nashriga bergan intervyusida.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, xorijlik klublar futbolchilarning nafaqat jismoniy imkoniyatlari, balki xarakteri, axloqiy fazilatlari, xulq-atvori, mehnatga munosabati va o‘yinni o‘qish qobiliyatini ham o‘rganmoqda.

«Ko‘plab futbolchilarimiz allaqachon top-chempionat vakillarining e’tiborida. Ular futbolchini kompleks ravishda o‘rganishmoqda», — dedi u.

Zeytullayev o‘zbek futbolchilari orasida Italiyaning A va B seriyalarida o‘ynay oladigan futbolchilar borligini ham qayd etdi.

Manba: eurasia.football
Kiritildi: 20:03, 14.09.2026.
O'qildi: 2194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик