Opta superkompyuteri 2026/27 yilgi Yevropa ligasida g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogarlarni aniqladi. Unga ko‘ra, «Bornmut» turnirda g‘olib chiqishning eng yuqori imkoniyatiga ega jamoa hisoblanadi. Angliya klubining sovrinni qo‘lga kiritish ehtimoli 14,3 foizga baholangan.
Opta superkompyuteri versiyasiga ko‘ra, 2026/27 yilgi Yevropa ligasida g‘oliblikka asosiy da’vogarlar:
- «Bornmut» (Angliya) — 14,3%;
- «Benfika» (Portugaliya) — 14%;
- «Bayer» (Germaniya) — 10,2%;
- «Yunion» (Belgiya) — 8,6%;
- «Sanderlend» (Angliya) — 8,3%;
- «Yuventus» (Italiya) — 7,8%;
- «Kristal Pelas» (Angliya) — 7,3%;
- «Milan» (Italiya) — 5,4%;
- «Renn» (Fransiya) — 3,9%;
- «Lion» (Fransiya) — 3,2%.
Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi — «Aston Villa». Angliya jamoasi o‘tgan mavsum finalida «Frayburg»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan.













