Ispaniyalik hujumchi Luis Alberto Rimning «Lasio» klubida 2016 yildan 2024 yilgacha, 8 yil davomida to‘p surgan. U shu yillar davomida birga o‘ynagan Chiro Immobileni yuqori baholaydi.
«Faoliyatim davomida birga o‘ynagan boshqa hujumchilar kabi, u bilan ham bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Chiro — «Lasio» afsonasi va u doimo shunday bo‘lib qoladi. U hatto Krishtianu Ronaldu va Messi bilan raqobat qilgan mavsumda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan. Bu juda katta yutuq», — deya Albertoning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirmoqda.
Hozir Luis Alberto Qatarda faoliyatini davom ettirmoqda, Chiro Immobile esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan.













