Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Kivu: «Inter» xatolar tufayli gollar o‘tkazib yubordi, ularni tuzatish mumkin»

Kivu: «Inter» xatolar tufayli gollar o‘tkazib yubordi, ularni tuzatish mumkin»

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyaning 4-turida «Udineze» ustidan qozonilgan 5:3 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Biz individual xatolar tufayli gollar o‘tkazib yubordik, ularni tuzatish mumkin. Bu borada xavotir olmayapman. Biz o‘yinni sust boshladik, bizga energiya yetishmadi va 0:2 hisobida ortda qolganimizdan keyingina vaziyatga munosabat bildirishimizga to‘g‘ri keldi.

Biz ishlashimiz kerak bo‘lgan aniq jihatlar bor va har doimgidek, barchasini tahlil qilamiz. Ammo meni xotirjam qilayotgan jihat — jamoamizning o‘ziga xos o‘yin uslubi borligi.

Biz ko‘p ishladik, ammo hali yanada ko‘proq ishlashimiz kerak, chunki hozircha ideal emasmiz va raqiblarga darvozamiz oldida vaziyatlar yaratish imkonini beryapmiz. Kerakli tuzatishlarni kiritish uchun vaqtimiz bo‘ladi. Bugun yaxshi tashkillashgan jamoaga qarshi o‘yinda vazifamizni yaxshi uddaladik.

Biz har uch kunda o‘ynayapmiz, oldinda esa uzoq mavsum bor. Bizda kuchli futbolchilardan iborat raqobatbardosh tarkib bor va bizning vazifamiz — ular o‘z imkoniyatlarini eng yaxshi tarzda namoyish eta oladigan sharoitlarni yaratish. Bizga barcha futbolchilar kerak bo‘ladi. Men uchun murabbiy sifatida har bir futbolchi o‘zini ushbu loyihaning bir qismi deb his qilishi muhim», — dedi rumin mutaxassis DAZN efirida.

Kiritildi: 07:06, 15.09.2026.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик